BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy faoliyat Talabalar hayoti

Institutning uch nafar bitiruvchisi Rossiyada amaliyot o‘tab aytishdi

f7efcde2720632ffcfc93

Institutning uch nafar bitiruvchisi Rossiyada amaliyot o‘tab aytishdi

2022 yilning aprel oyida Buxoro davlat tibbiyot instituti hamda Rossiya Federatsiyasining I.Kant nomidagi Boltiq federal davlat universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzolangan ediMazkur universitet Rossiya Federatsiyasining 10ta federal oliy ta’lim muassasalaridan biri sanaladi. Universitetda talabalarga 150dan ortiq yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim beriladi. Shuningdek, QS (QS World University Ranking 2022) reytinggidagi 601-650 o‘rinni egallagan.

Joriy yilning 10-24 iyul kunlari Buxoro davlat tibbiyot institutining 3 nafar bitiruvchi talabalari mazkur universitet tomonidan tashkil etilgan «Mikrobiologiya va biotexnologiya» yo‘nalishi buyicha yozgi amaliyot maktabida ishtirok etishdi. Amaliyot davomida talabalar fakat RNK saqlovchi organizmlardan teskari transkripsiya bilan dnk sintezlash, Senger usuli bo‘yicha to‘kima hujayralaridan nukleotidlarni ajratib olish ularni o‘lchami aniklash va sekvinator apparatida DNK tartibini aniklash va tashxis qo‘yish jarayonlarini kuzatishdi va ishtirok etishdi.

Kelishuvga ko‘ra, sentabr oyidan boshlab talabalar ham ushbu universitetga akadem mobillik bo‘yicha ta’lim olib kelishi kutilmoqda.