Intellektual mulk markazi- muassasasi tashkil etish maqsadida seminar o‘tkazildi
14.05.2024 2024-05-15 9:53Intellektual mulk markazi- muassasasi tashkil etish maqsadida seminar o‘tkazildi

Intellektual mulk markazi- muassasasi tashkil etish maqsadida seminar o‘tkazildi
Mazkur semenarda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi direktori S.A.Raxmonov, hamda mazkur muassasa Texnologiyalari va innovatsiyalarni qo’llab- quvvatlash markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’limi boshlig’i S.X.Abdullayev, Tovar belgilari va xizmat ko’rsatish belgilari bo’limi boshlig’i B.B.Abbasov, institut Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor L.N.Niyozov, TSNQB boshlig’i S. Davlatov hamda boshqalar ishtirok etdi.

“Intelektual mulk markazi” davlat muassasasi tomonidan “Ixtiro va foydali modelga talabnoma layyorlash, ish yuritish va ekspertiza jarayoni”, “Intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi” va “Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash” bo‘yicha asosiy tushunchalar va amaliy tavsiyalar mavzusida mulohazalar olib borildi.

Texnologiyalar va innovatsiyalarni qoʼllab-quvvatlash markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i S.Raxmonov so‘zga chiqib, ushbu markazni tashkil qilishdan asosiy maqsad mamlakatning intellektual mulk sohasidagi salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, intellektual mulk sohasida mutaxassislar bilim darajasini va ularni tayyorlash samaradorligini oshirish, omma o‘rtasida intellektual mulkka nisbatan hurmat hissini shakllantirish, ixtirochilik faoliyatini rag‘batlantirish hamda ilmiy-texnik ijodkorlik natijalarini hayotga tadbiq etishga sharoit yaratish ekanligiga urg‘u berdi.

Seminarda o’zaro fikrlar almashinildi. Mutaxasislar bilan mazkur muassasa to’g’risida muzokaralar olib borildi.