Iordaniya universiteti bilan Xalqaro hamkorlik
09.06.2023 2023-06-22 10:25Iordaniya universiteti bilan Xalqaro hamkorlik
Tashrifning uchinchi kuni 9-iyunda vakillarimiz Iordaniya universiteti klinikasida bo‘lib, bu nufuzli tibbiyot muassasasi rahbariyati bilan uchrashdi. Muloqot uchrashuvida klinika bosh direktori professor Doktor Jamol Melhem va va professor Nader Alpsoul janoblari mazkur tibbiyot muassasaning bugungi quvvati va imkoniyatlari haqida Buxoro davlat tibbiyot instituti rahbariyatiga tushuntirishlar berib o‘tdi.
Klinika faoliyati bilan tanishib, imkoniyatlar solishtirildi. Shuningdek, kelishuvlar doirasida Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasi shifokorlari bilan tajriba almashish, murakkab tibbiy amaliyotlarni birgalikda o‘tkazish, ilmiy tadqiqot va davolash usullarini hamkorlikda olib borish masalalari muhokama qilindi.
BuxDTI delegatsiyasining Yaqin Sharqga safari davom etmoqda.