BuxDTI matbuot xizmati

Ishchi guruh Buxoroda

photo_2023-11-03_10-58-59

Ishchi guruh Buxoroda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi PQ-5040-son qarori ijrosi bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tomonidan institutimizda ma’naviy-ma’rifiy,tarbiyaviy ishlar va sport tadbirlarining tashkil etilishi bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.

Ishchi guruhga hamrohlik qilgan institut rektori Sh.J.Teshayev talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan o‘quv jarayoni hamda 5 muhim tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar. Talabalarning intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga mo‘ljallangan turli to‘garaklar, qiziqishlari bo‘yicha klublar, talabalar teatr studiyalari va raqs to‘garaklari faoliyati, “Odob-axloq kodeksi” va ichki tartib qoidalariga rioya etilishi, talabalarni kitobxonlikka jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holati bilan tanishtirdi.