BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy faoliyat Madaniy-ma’rifiy tadbirlar Talabalar hayoti

Iste’dodli talabalar teatr studiyasida yana bir tomoshani tashkillashtirishdi.

photo_2023-04-29_11-06-01

Iste’dodli talabalar teatr studiyasida yana bir tomoshani tashkillashtirishdi.

Buxoro davlat tibbiyot institutida tashkil etilgan Talabalar teatr studiyasi asosiy vazifani mamlakatimizda amalga oshiralayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalashga qaratmoqda.

Kuni kecha an’anaga ko‘ra yana bir ko‘rinish tomoshabinlarga zavq va quvonch berdi.

Tomoshadan oldin so‘z olgan institut prorektori Zubayda Baxranova  an’anaviy ravishda o‘tkazib kelinayotgan iste’dodli talabalar tomonidan sahnalashtirilgan asarlar yoshlar ma’naviyatini boyitish, ularni sahna san’atining mumtoz namunalari bilan yaqindan tanishtirish, ijodiy fikrlash qobiliyatini o‘stirishda muhim omil ekanini ta’kidladi. Shuningdek, badiiy asarlarni sahnada ekranda va kitob holda ham albatta mutolaa qilish ilmni boyitishiga xizmat qilishini aytib o‘tdi.

Bugungi tomoshada teatr san’atiga mehr qo‘ygan iqtidorli yigit-qizlar  talaba yoshlar ishtirokida sahnalashtirilgan buyuk adib G‘afur G‘ulomning “Shum bola” asari asoida sahnalashtirilgan spektaklni tomosha qilishdi. Sahna ko‘rinishi juda qiziqarli bo‘lib ko‘pchilikning olqishiga sazovor bo‘ldi. Ham kulgili, ham ayanchli sarguzashtlar bilan sal kam 50 yildan buyon kitobxonlar qalbini rom etib kelayotgan asarning talabalar ijrosidagi ko‘rinishi ham yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.