BuxDTI matbuot xizmati

Iste’molchilar huquqi va Moliyaviy savodxonlik mavzularida ta’lim muassasalarida seminar

Iste'molchilar huquqi va Moliyaviy savodxonlik mavzularida ta'lim muassasalarida seminar 1

Iste’molchilar huquqi va Moliyaviy savodxonlik mavzularida ta’lim muassasalarida seminar

O’zbekiston Respublikasi Raqobatni Rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasining “15-mart-Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni”ga  bag’ishlangan keng qamrovli chora-tadbirlarni tashkil etish to’g’risidagi 2024-yil 12-fevraldagi 37-ICH buyrug’iga asosan “Iste’molchilar huquqi” va “Moliyaviy savodxonlik” mavzularida ta’lim muassasalarida seminar va o’qishlar, yoshlar bilan uchrashuvlar o’tkazish tashkil qilingan.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida mazkur mavzu yuzasidan o’quv seminari o’tkazildi. O’zbekiston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi Buxoro shahar bo’limi boshlig’i Karim Xafizov, raqobatni rivojlantirish iste’molchi huquqlarini qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i Ilhom Qilichov tashrif buyurdi. Tadbir davomida talabalarga mutaxasislar tomonidan kerakli barcha ma’lumotlar berildi.