IV Xalqaro Markaziy Osiyo Kongressi
24.11.2022 2022-11-28 9:30IV Xalqaro Markaziy Osiyo Kongressi
“Klinik farmakologiyaning zamonaviy holati va rivojlanish istiqbollari”
2022 yilning 24- noyabr kuni Buxoro shahar “Turon city plaza” mehmonxonasi anjumanlar zalida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti tomonidan “Klinik farmakologiyaning zamonaviy holati va rivojlanish istiqbollari” IV Markaziy Osiyo Kongressi o‘tkazildi. Kongressni O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vaziri birinchi o`rinbosari, professor Inoyatov Аmrillo Shodiyevich ochib berdi. Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori, professor Teshayev Shuxrat Jumayevich Kongress mexmonlari va qatnashchilarini samimiy tabriklab, Kongressda Rossiya, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston davlatlaridan qatnashayotgan mexmonlarga minnatdorchilik bildirdi. Shundan so`ng, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazi direktori – Sirojitdinov Kamol Kamilovich; Qozog‘iston Respublikasi Milliy fanlar akademiyasi akademigi, S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston Milliy tibbiyot universiteti Klinik farmakologiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor – Rahimov Kayrolla Dyusenbayevich, Qirg’iziston-Rossiya Slavyan universitetining asosiy va klinik farmakologiya kafedrasi mudiri, dalillarga asoslangan tibbiyot va texnologiyani baholash bo’yicha eksperti – Zurdinova Aida Ashiralievna, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha maslahatchisi, tibbiyot fanlari doktori, professor – Mavlyanov Iskandar Raximovich so`zga chiqib, Kongress yuqori darajada tashkillashtirilganligi va klilnik farmakologiyaning boshqa davlatlar bilan aloqalari yanada kengayiyshi to`g`risida to`xtalishdi. Kongressda xorijiy davlatlardan 20 dan ortiq, Respublika miqyosida esa 50 dan mexmonlar qatnashishdi va yalpi majlisda akademik va professorlar tomonidan ma`ruzalar tinglandi. Тushlikdan so`ng 2 ta seksiyada ma`ruzalar davom ettirildi. Kongess yakunida rezolyusiya o`qib eshitirildi va qabul qilindi.

O‘zbekistan Respublikasi Tbbiyot xodimlari kasbiy malakasini oshirish markazi Klinik farmakologiya kafedrasi mudiri, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazi direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha maslahatchisi, tibbiyot fanlari doktori, professor – Mavlyanov Iskandar Raximovich.
Ma`ruza mavzusi: Farmakoterapiyani shaxslashtirish falsafasi: dialektika, “shifokor- dori vositasi – bemor” triadasi. II qism: bemorlar bilan muloqot qilish majburiyati.

Qirg’iziston-Rossiya Slavyan universitetining asosiy va klinik farmakologiya kafedrasi mudiri, dalillarga asoslangan tibbiyot va texnologiyani baholash bo’yicha eksperti – Zurdinova Aida Ashiralievna
Ma`ruza mavzusi: Homiladorlik va laktatsiya davrida dori vositalari ta’sirining o’zgaruvchanligi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti, 2 – son terapevtik fanlari yo`nalishi kafedrasi professori, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi klinik farmakologiya bo‘yicha konsultanti, tibbiyot fanlari doktori Daminova Lola Turg’unpo’latovna.
Ma`ruza mavzusi: Antibiotiklarga rezistentlik.

Toshkent tibbiyot Akademiyasi Reabilitologiya, xalq tabobati va jismoniy tarbiya kafedrasi Конец формы.
dotsenti, DSc Sobirova Guzal Naimovna. Ma`ruza mavzusi: “Gastroezofagial reflyuks kasalligi: sitoproteksiyaga e’tibor”.

Kongress ishtirokchilarining esdalik uchun tushgan fotosurat.
