BuxDTI matbuot xizmati

JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT BILAN KURASHAMIZ!

6960f636-3554-470d-85e9-5dcd9b0d1c51

JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT BILAN KURASHAMIZ!

​Buxoro davlat tibbiyot institutida yoshlar ongida ma’naviy immunitetni mustahkamlash, ularni turli zararli g‘oyalar va yot ta’sirlardan himoya qilish maqsadida “Jaholatga qarshi — ma’rifat bilan kurash!” hamda “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi — taraqqiyot poydevori” mavzularida ochiq muloqot tashkil etildi.
​Mazkur tadbirda hamkor tashkilotlardan Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi U. Qurbonov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari M. Safoyeva, Viloyat IIB terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi xodimi, leytenant S. Sadullayeva va institut rahbar-xodimlari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi.


​Ochiq muloqot davomida bugungi globallashuv davrida yoshlarni turli ekstremistik va radikal oqimlar ta’siridan asrashda ma’rifatning o‘rni, inson qadri va huquqlarini hurmat qilish, yoshlar ongini ijobiy g‘oyalar bilan boyitish masalalari keng yoritildi.
​Shuningdek, institut rektori maslahatchisi M. Mahmudov hamda yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat masalalari bo‘yicha birinchi prorektor Zubayda Bahranova ham so‘zga chiqib, talaba-yoshlarga bag‘rikenglik, mehr-oqibat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni chuqur anglash zarurligi haqida ta’sirchan ma’ruzalar qilishdi.
​Tadbir doirasida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi, mutaxassislar esa ularning har biriga atroflicha javob qaytarishdi. Muloqot iliq va ochiq ruhda o‘tdi, ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirdi.
​Mazkur ochiq muloqot talaba-yoshlarda huquqiy madaniyatni oshirish, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish va eng muhimi — jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish zarurligini yana bir bor eslatib o‘tdi.

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati