“Jaholatga qarshi ma’rifat”
18.01.2024 2024-01-22 10:34“Jaholatga qarshi ma’rifat”
📌O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-iyuldagi “2021- 2026-yillarga mo‘ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha hamda O‘zbekiston Respublikasi milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6255-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Yoshlarni diniy mutaasiblik va aqidaparastlik g’oyalaridan asrash” mavzusida ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.
✔️Tadbirda Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Sh.Teshayev, rektor maslahatchisi M.Mahmudov, prorektorlar hamda talabalar ishtirok etishdi. O’zbekiston Respublikasi Din ishlari qo’mitasining Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi bosh mutaxasisi Y.Salomov, bosh mutaxasislar hamda Buxoro shahar IIB xodimi tadbir davomida diniy ekstremizm va terrorizm, “ommaviy madaniyat” hamda maʼnaviy tahdidlar, diniy bagʼrikenglik va diniy tashkilotlar faoliyati to‘g‘risida Respublikamizda olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berishdi.