BuxDTI matbuot xizmati

Janubiy Koreyalik talabalar amaliyot o‘tab qaytishdi

photo_2023-07-31_12-05-20

Janubiy Koreyalik talabalar amaliyot o‘tab qaytishdi

Buxoro davlat tibbiyot instituti Janubiy Koreyaning bir qator universitet va nufuzli tibbiyot muassasalari bilan muntazam hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. Ayni paytda mamlakatimizdagi OTMlar ichida xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish borasida yetakchi o‘rinda turgan institut xalqaro tashkilotlar bilan imzolangan memoriandum va shartnomalar bilan ishlashda davom etmoqda.

2022 yilning 6- may kuni bu davlatning Degu Xaani universiteti ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

10- iyul kuni Degu Xani universitetidan bir guruh talabalar yurtimizga kelgan edi.

10 kun davomida Janubiy Osiyolik talabalar xalq tabobati fanidan bir qancha ma’ruzalar tinglashdi. Buxoro davlat tibbiyot institutida bu soha rivoji uchun yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar bilan tanishib, qisqa amaliyot o’tashdi.

Safar yakunida koreyalik talabalar institut sertifikati bilan tadirlanishdi. Shu bilan birga Buxoro va Samarqandning tarixiy qadamjolarini ko’zdan kechirishdi.