BuxDTI matbuot xizmati

Janubiy Koreyalik talabalar Buxoro davlat tibbiyot institutida yozgi ta’lim dasturini muvaffaqiyatli yakunlashdi

Janubiy Koreyalik talabalar1

Janubiy Koreyalik talabalar Buxoro davlat tibbiyot institutida yozgi ta’lim dasturini muvaffaqiyatli yakunlashdi

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida Janubiy Koreyaning Daegu Haany universitetidan tashrif buyurgan bir guruh talabalar uchun tashkil etilgan yozgi o‘quv-lager dasturi yakuniga yetdi.

📚 O‘n kun davom etgan dastur doirasida koreyalik yoshlar institutdagi zamonaviy ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar, malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan ularga maxsus mahorat darslari o‘tkazildi. Dastur doirasida mehmon talabalar Samarqand kabi tarixiy shaharlarga ham tashrif buyurib, mamlakatimizning boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishdilar.

🎓 Bugun institut rektori professor Shuhrat Teshayev mehmon talabalar bilan uchrashib, ularga sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi. Tadbir iliq va samimiy muhitda o‘tdi, koreyalik talabalar yurtimizdagi mehmondo‘stlik va iliqlikdan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

🤝 Bunday xalqaro hamkorliklar kelajakda tibbiy ta’lim sifatini oshirish, madaniy almashinuvni kengaytirish hamda ikki davlat yoshlari o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.