Janubiy Qozog‘iston Tibbiyot Akademiyasi talabalari Buxoro davlat tibbiyot institutida akademik mobillik doirasida mashg‘ulot o‘tkazdi
11.06.2026 2026-06-12 16:51Janubiy Qozog‘iston Tibbiyot Akademiyasi talabalari Buxoro davlat tibbiyot institutida akademik mobillik doirasida mashg‘ulot o‘tkazdi
Janubiy Qozog‘iston Tibbiyot Akademiyasi talabalari Buxoro davlat tibbiyot institutida akademik mobillik doirasida mashg‘ulot o‘tkazdi
2026-yil 1-10 iyun kunlari Janubiy Qozog‘iston Tibbiyot Akademiyasining 3-kurs davolash fakulteti talabalari Buxoro davlat tibbiyot instituti rektorining maxsus buyrug‘i asosida Biologik kimyo fanidan tezkor ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etdi. Mashg‘ulotlarni kafedra professori Shukurov I.B olib bordi.
10 kun davom etgan qisqa kurslar davomida talabalar biologik kimyoning tibbiyotdagi roli, patologik jarayonlarning biokimyoviy mexanizmlari va ularni laboratoriya sharoitida aniqlash usullarini nazariy va amaliy jihatdan o‘rgandilar. Talabalar ayniqsa ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishning zamonaviy yondashuvlari va dolzarb tibbiy masalalarni muhokama qilish bilan qiziqishdi.


Kurs dasturi tibbiyot va biologik kimyo sohasidagi zamonaviy yutuqlarni qamrab oldi. Ishtirokchilar qo‘shma ilmiy loyihalar istiqbollari, innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etish va zamonaviy o‘qitish usullaridan foydalanishni muhokama qildilar.
Uchrashuv akademik mobillik dasturi doirasida bo‘lib o‘tdi va universitetlararo hamkorlikni mustahkamlash hamda professional tajriba almashishga qaratildi. Yakunda talabalar tegishli sertifikatlarni oldi va hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi, bu esa tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish va har ikki tomonning ilmiy salohiyatini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ladi.

