“Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchilar uchun seminar-trening o‘tkazildi
04.11.2025 2025-11-04 16:37“Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchilar uchun seminar-trening o‘tkazildi
“Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchilar uchun seminar-trening o‘tkazildi




2025-yil 24-oktabr kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida magistratura va klinik ordinatura bitiruvchi bosqich talabalari uchun seminar-trening tashkil etildi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ–61-sonli “Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.
Seminarda Buxoro viloyati “O‘zmilliybank” AJ boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida talabalarga “Kelajakka qadam” dasturining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, “biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha” bo‘lgan jarayon tushuntirildi.
“O‘zmilliybank” tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy xizmatlar paketlari, biznes-reja tuzish, tadbirkorlik kreditlari va ularni rasmiylashtirish jarayoniga oid amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar.
Dastur doirasida “O‘zmilliybank” AJ bilan hamkorlikda bir qancha talabalarimizga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun imtiyozli kreditlar ajratib kelinmoqda.
Shu sababli, Buxoro davlat tibbiyot instituti bitiruvchi talabalari o‘z biznes g‘oyalari uchun 10 mln so‘mdan 1 mlrd so‘mgacha imtiyozli shartlar asosida kredit olishni istasa, kredit rasmiylashtirishlari mumkin.
Hozirda Buxoro davlat tibbiyot instituti bitiruvchilari uchun “O‘zmilliybank” AJ mas’ul xodimi Kurbanova Munira Klichovna faoliyat olib bormoqda.
Mazkur imtiyozli kreditdan foydalanish istagida bo’lgan talabalar “O‘zmilliybank” AJ mas’ul xodimi Kurbanova Munira Klichovnadan bevosita maslahat va tavsiyalar olishi mumkinligini eslatib o’tamiz.
Murojaat uchun: (90) 514 49 48