Kiberjinoyatchilikka qarshi kurash!
23.01.2024 2024-01-23 11:24Kiberjinoyatchilikka qarshi kurash!
Buxoro viloyati IIB TQX hamda Buxoro shahar IIO FMB Mobil targ‘ibot guruhi xodimlari hamkorlikda Buxoro davlat tibbiyot institutida “Kibermakonda sodir etilayotgan jinoyatlar va unga qarshi dasturiy himoyalanish usullari va Aqidaparastlik g‘oyalaridan asrash” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Davra suhbatida, bank plastik kartalaridagi pullarni talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlarni oldini olishda borasida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, yoshlar o‘rtasida ko‘p kuzatilayotgan tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarning salbiy oqibatlari ham batafsil aytib o‘tildi.
“Kiberjinoyatchilikka qarshi kurash” yo‘nalishida tayyorlangan bukletlar tarqatilib, ushbu yo‘nalishda tayyorlangan videomateriallar eʼtiboriga havola etildi.
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati