Kiberxavfsizlik — bugunning eng dolzarb masalasi!
23.04.2026 2026-04-25 9:31Kiberxavfsizlik — bugunning eng dolzarb masalasi!
📣Buxoro davlat tibbiyot institutida viloyat IIBning kiberxavfsizlik bo‘limi boshlig‘i Umid Hasanov ishtirokida muhim va mazmunli ma’ruza tashkil etildi. Tadbir davomida internet tarmog‘ida uchrayotgan zamonaviy tahdidlar, firibgarlik usullari hamda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish masalalari keng yoritildi.



👨💻 Ma’ruzachi talabalarga: — ijtimoiy tarmoqlarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish
— shubhali havolalar va soxta sahifalardan ehtiyot bo‘lish
— bank kartalari va shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash
bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi.


📊 Ayniqsa, yoshlar orasida keng tarqalgan kiberjinoyatlar misollar orqali tushuntirilib, ularning oldini olish yo‘llari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va kiberxavfsizlikka oid bilimlarini yanada mustahkamlashdi.

