BuxDTI matbuot xizmati

Klinika faoliyatini rivojlantirish va xalqaro akkreditatsiya masalalari muhokama qilindi

Klinika faoliyatini rivojlantirish1

Klinika faoliyatini rivojlantirish va xalqaro akkreditatsiya masalalari muhokama qilindi

Klinika faoliyatini yanada rivojlantirish, xizmatlar sifatini oshirish hamda tibbiyot muassasalarini xalqaro standartlarga mos ravishda akkreditatsiyadan o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

➡️Muzokaralar davomida xalqaro tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish, zamonaviy boshqaruv tizimlarini joriy etish va bemorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yangi bosqichga olib chiqish istiqbollari muhokama qilindi.

➡️Uchrashuvda Murat Kucukkaya, Markaziy Osiyo bo‘yicha mas’ul vakil sifatida ishtirok etdi. Shuningdek, Shuhrat Teshayev bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan muzokaralar olib borildi.

➡️Tashrif davomida mehmonlar klinika faoliyati bilan yaqindan tanishib, mavjud infratuzilma va ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarga yuqori baho berdilar.