BuxDTI matbuot xizmati

Koreyaning Daegu Haany universiteti vakillari Buxoro davlat tibbiyot institutida

Koreyaning Daegu Haany universiteti vakillari Buxoro davlat tibbiyot institutida1

Koreyaning Daegu Haany universiteti vakillari Buxoro davlat tibbiyot institutida

📅 2025-yil 18-iyul kuni — Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga Koreya Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Daegu Haany universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida institut rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delegatsiya tarkibida universitet professorlari — Song Jichung, Hwang Sezin, shuningdek, xalqaro hamkorlik bo‘limi vakili Park Jinhyeon ishtirok etdi.

🤝 Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida tibbiyot sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Jumladan, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, xalqaro konferensiyalar hamda akademik dasturlar doirasidagi sheriklik masalalari keng ko‘lamda ko‘rib chiqildi.

🔬 Muzokaralar chog‘ida K-Medi xalqaro loyihasi doirasida 2025-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar yuzasidan ham fikr almashildi. Mazkur loyiha tibbiy ta’limni rivojlantirish, aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash hamda ilg‘or tibbiy texnologiyalarni joriy etishda turli davlatlarning tajribasini birlashtiruvchi platforma hisoblanadi.

🌐 Hozirgi kunda O‘zbekiston, Koreya, Mo‘g‘uliston, Tayland, Turkiya, Qirg‘iziston va Vetnam davlatlarining yetakchi universitetlari ushbu loyihada faol ishtirok etmoqda.

📌 Mazkur tashrif ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi, Buxoro davlat tibbiyot institutining xalqaro aloqalarini yanada kengaytirishga xizmat qilishi shubhasiz.