“KORRUPSIYA — TARAQQIYOT KUSHANDASI” MAVZUSIDA RASMLAR TANLOVI O‘TKAZILDI
27.11.2026 2026-11-27 17:24“KORRUPSIYA — TARAQQIYOT KUSHANDASI” MAVZUSIDA RASMLAR TANLOVI O‘TKAZILDI
“KORRUPSIYA — TARAQQIYOT KUSHANDASI” MAVZUSIDA RASMLAR TANLOVI O‘TKAZILDI
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida talaba-yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda halollik, adolat va shaffoflik tamoyillarini keng targ‘ib etish maqsadida “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi.
🖌 Mazkur tanlov talaba-yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, ularning ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga bo‘lgan munosabatini badiiy ifodalash hamda jamiyatda dolzarb bo‘lgan korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga e’tiborini kuchaytirishga xizmat qildi.



🎨 Tanlov ishtirokchilari o‘z ijodiy ishlari orqali korrupsiyaning jamiyat hayotiga, davlat boshqaruviga, iqtisodiy taraqqiyotga va insonlar o‘rtasidagi ishonch munosabatlariga yetkazadigan salbiy oqibatlarini tasvirlashga harakat qildilar.
💡 Taqdim etilgan rasmlarda korrupsiyaning turli ko‘rinishlari, uning oldini olish mexanizmlari, qonun ustuvorligi, inson qadri, halol mehnat, adolat va tenglik kabi muhim tushunchalar o‘ziga xos badiiy talqinda aks ettirildi.
🤝 Ta’kidlash joizki, bunday ma’naviy-ma’rifiy va ijodiy tadbirlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, halollik va vijdonlilik kabi yuksak insoniy fazilatlarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


Zero, korrupsiya mavjud bo‘lgan jamiyatda taraqqiyot, adolat va ishonchga putur yetadi. Halollik hukm surgan jamiyatda esa yuksalish va farovonlik uchun mustahkam poydevor yaratiladi!
Korrupsiyaga qarshi kurashish — kelajagimiz uchun kurashishdir!