BuxDTI matbuot xizmati Korrupsiyaga qarshi kurash

“KORRUPSIYA – TARAQQIYOTIMIZGA TO‘SIQ, ADOLATGA XIYONAT, JAMIYATIMIZ RAVNAQIGA ZARAR” MAVZUSIDA INSHOLAR TANLOVI O‘TKAZILDI

KORRUPSIYA77

“KORRUPSIYA – TARAQQIYOTIMIZGA TO‘SIQ, ADOLATGA XIYONAT, JAMIYATIMIZ RAVNAQIGA ZARAR” MAVZUSIDA INSHOLAR TANLOVI O‘TKAZILDI

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida talaba-yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, yoshlar qalbida halollik, adolat, vatanparvarlik va mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida “Korrupsiya – taraqqiyotimizga to‘siq, adolatga xiyonat, jamiyatimiz ravnaqiga zarar” mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi.

✍️ Mazkur tanlov yoshlarning korrupsiya muammosiga nisbatan munosabatini shakllantirish, ularni ushbu illatning jamiyat hayotiga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirini chuqur anglashga undash, mustaqil fikrlash, tahliliy yondashuv va ijodiy tafakkurini rivojlantirishga qaratildi.

⚖️ Ishtirokchilar tomonidan yozilgan ijodiy ishlarda korrupsiya adolat mezonlarining buzilishiga, insonlar o‘rtasida ishonchsizlikning kuchayishiga, teng imkoniyatlarning cheklanishiga hamda jamiyat taraqqiyotining sekinlashishiga olib keluvchi salbiy omil sifatida yoritildi. Shu bilan birga, halollik, qonun ustuvorligi, shaffoflik, vijdonlilik va mas’uliyat kabi qadriyatlar korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim ma’naviy asoslari sifatida e’tirof etildi.

🩺 Ayniqsa, tibbiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan yoshlar uchun halollik va kasbiy mas’uliyatning naqadar muhimligi, kelajakdagi shifokor faoliyatida inson hayoti, salomatligi, ishonchi va qadr-qimmatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish zarurligi insholarda o‘z aksini topdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish — kelajak uchun kurashishdir! Halollik va adolat ustuvor bo‘lgan jamiyatgina taraqqiyot, farovonlik va yuksak ishonch sari dadil qadam tashlay oladi!