Korrupsiyadan holi jamiyat – har bir insonning ulugʻ maqsadi boʻlishi kerak”
24.06.2025 2025-06-25 11:21Korrupsiyadan holi jamiyat – har bir insonning ulugʻ maqsadi boʻlishi kerak”

Korrupsiyadan holi jamiyat – har bir insonning ulugʻ maqsadi boʻlishi kerak”
Buxoro davlat tibbiyot institutida oʻquv seminari tashkil etildi.
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Korrupsiyadan holi muhitni yaratish” mavzusida oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi. Tadbirda institut rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, xodimlar hamda talabalar ishtirok etdi.
Seminarning asosiy maqsadi — ta’lim muassasasida shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish, shuningdek, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishdan iboratdir.
Tadbirda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning quyidagi soʻzlari alohida taʼkidlab oʻtildi:
“Korrupsiyaga qarshi kurashish jarayoni hech qachon aniq muddat bilan cheklanmaydi. Ushbu masalada faqat davlatning sa’y-harakatlari bilan kutilgan natijaga erishib boʻlmaydi. Bu – butun jamiyatimizning ishi.”
Seminarda Prezident rahbarligidagi Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Milliy kengash yigʻilishida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuklatilgan vazifalar muhokama qilindi. Jumladan, 2025-yil 26-martda qabul qilingan 01-23-93-sonli “Yoʻl xaritasi” ijrosi doirasida korrupsiyaviy omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish, “Korrupsiyadan holi muhit”ni yaratishga qaratilgan tizimli tadbirlarni samarali amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.


Shuningdek, seminar ishtirokchilariga:
- korrupsiya tushunchasi va uning oqibatlari,
- korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish,
- fuqarolarning bu boradagi masʼuliyati,
- korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat va jamiyat darajasida olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida maʼlumotlar berildi.
Korrupsiyaga yoʻl qoʻygan shaxslar nafaqat jinoiy javobgarlikka tortilayotgani, balki davlat rahbarining qatʼiy siyosati va siyosiy irodasi bilan bu illatga qarshi keskin kurash olib borilayotgani qayd etildi.
Tadbir yakunida institutda “Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz” degan tamoyilni hayotga izchil tatbiq etish, bu sohada har bir fuqaro oʻz hissasini qoʻshishi zarurligi taʼkidlab oʻtildi.

