Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi
02.10.2025 2025-10-03 10:35Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi
Buxoro davlat tibbiyot instituti tibbiyot fakulteti davolash yo‘nalishi 1-bosqich talabalari ishtirokida “Korrupsiyasiz ta’lim – yorug‘ kelajak kafolati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda soha mutaxassislari va professor-o‘qituvchilar korrupsiyaning ta’lim tizimiga salbiy ta’siri, uni oldini olish yo‘llari hamda yoshlarning bu boradagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumot berishdi.

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan davra suhbatida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, ularga batafsil javob olishdi. Ishtirokchilar korrupsiyasiz ta’lim nafaqat bilim sifatini oshirishi, balki yoshlarning kelajakdagi kasbiy faoliyatida ham adolat va halollik tamoyillarini shakllantirishda muhim omil ekanini ta’kidlab o‘tdilar.

Tadbir yakunida talabalarda korrupsiyaga qarshi kurash borasida mas’uliyatni oshirish, huquqiy bilimlarni mustahkamlash va sog‘lom muhitda ta’lim olish zarurligi alohida qayd etildi.
