BuxDTI matbuot xizmati Korrupsiyaga qarshi kurash

“‘Korrupsiyaga qarshi kurashish’ yoshlar klubining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o’tdi”

Korrupsiyaga qarshi kurashish1

“‘Korrupsiyaga qarshi kurashish’ yoshlar klubining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o’tdi”

Institumizda “Korrupsiyaga qarshi kurashish” yoshlar klubining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib, bu yerda institut yoshlar masalalari, ma’naviyat-ma’rifat ishlar bo‘yicha prorektor Z.S. Baxranova so‘zga chiqib talabalar tomonidan amalaga oshirilayotgan ushbu yo‘nalishdagi sai-harakatlar dolzarbligi va kelajagimizning poydevorini hozirdan shakllantirilishimizni ta’kidlab o‘tdilar.

📝So‘zga chiqqan institut Korrupsiyaga qarshi kurash “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X.B. Fayziyev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonlaridan 2025-yilning 5-mart kuni bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar bo‘yicha to’xtalib, jamiyatimizda korrupsiya qarshi kurashishda talaba-yoshlar klubi a’zolarini faollikka chaqirdi.