BuxDTI matbuot xizmati

LYUBEK UNIVERSITET KLINIKASIDA BUYRAK TRANSPLANTATSIYASI AMALIYOTI KUZATILDI

bcf27d43-87f4-43bc-843f-27406a62c04c (1)

LYUBEK UNIVERSITET KLINIKASIDA BUYRAK TRANSPLANTATSIYASI AMALIYOTI KUZATILDI

​2026-yil 29-oktabr kuni Germaniyaning Lyubek universitet klinikasida (Universitätsklinikum Schleswig-Holstein) amaliyot ötayotgan Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti vakillari qarindoşlar örtasida donor buyragini retsipiyentga köçirib ötkaziş — buyrak transplantatsiyasi jarayonini kuzatiş imkoniyatiga ega böldilar.
​Mazkur amaliyot davomida iştirokçilar donor buyragini ajratib oliş, uni transplantatsiyaga tayyorlaş hamda retsipiyent organizmiga köçirib ötkaziş jarayonining asosiy bosqiçlari bilan tanişdilar.
​Şuningdek, transplantatsiya jarayonida jarrohlik jamoasining özaro hamkorligi, zamonaviy tibbiy texnologiyalardan foydalaniş, yuqori aniqlik va muvofiqlaştirişni talab qiluvchi jarrohlik usullariga alohida e’tibor qaratildi.
​Uşbu tajriba iştirokçilarga transplantologiya sohasidagi ilg‘or amaliyotlar, zamonaviy jarrohlik yondaşuvlari va Germaniya soğliqni saqlaş tizimida yuqori texnologiyali tibbiy xizmatni taşkil etiş böyiça bilim va tajribalarini boyitiş imkonini berdi.

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti matbuot xizmati