“Madaniy aloqalar, ta’lim sohasidagi hamkorlik” – Ikkinchi O‘zbekiston–Xitoy ta’lim va madaniyat almashinuvi haftaligi davom etmoqda
04.06.2026 2026-06-05 16:42“Madaniy aloqalar, ta’lim sohasidagi hamkorlik” – Ikkinchi O‘zbekiston–Xitoy ta’lim va madaniyat almashinuvi haftaligi davom etmoqda
“Madaniy aloqalar, ta’lim sohasidagi hamkorlik” – Ikkinchi O‘zbekiston–Xitoy ta’lim va madaniyat almashinuvi haftaligi davom etmoqda
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ta’lim hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan Ikkinchi O‘zbekiston–Xitoy ta’lim va madaniyat almashinuvi haftaligi doirasida qator uchrashuv va tadbirlar o‘tkazilmoqda.


Mazkur haftalik doirasida O‘zbekiston delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasining Shansi provinsiyasi markazi bo‘lgan Tayyuan shahridagi ta’lim muassasalariga tashrifi tashkil etildi.


Tashrif davomida ikki mamlakat ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’lim, ilm-fan va madaniyat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish, akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirish hamda qo‘shma ta’lim loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilinmoqda.
