Madridda O‘zbekiston–Ispaniya oliy ta’lim forumi: Buxoro davlat tibbiyot instituti xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda
10.06.2026 2026-06-11 13:00Madridda O‘zbekiston–Ispaniya oliy ta’lim forumi: Buxoro davlat tibbiyot instituti xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda
Madridda O‘zbekiston–Ispaniya oliy ta’lim forumi: Buxoro davlat tibbiyot instituti xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda
Ispaniyaning Madrid shahrida O‘zbekiston va Ispaniya oliy ta’lim muassasalari forumi bo‘lib o‘tmoqda. Nufuzli xalqaro tadbirda ikki mamlakatning 40 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etmoqda.
Forumda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev ham qatnashmoqda.



Forum doirasida Shuhrat Teshayev Ispaniyaning Rey Xuan Karlos universiteti — Universidad Rey Juan Carlos — xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Ana Felicitas Muñoz Pérez bilan uchrashib, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
Muloqot davomida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda tibbiy ta’limda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Forumning yalpi va sho‘ba yig‘ilishlarida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish, amaliyot tizimini takomillashtirish hamda xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator tashabbuslar muhokama qilinmoqda.
Mazkur forum Buxoro davlat tibbiyot institutining xalqaro aloqalarini yanada kengaytirish, xorijiy hamkorlar bilan yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda tibbiy ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.

