BuxDTI matbuot xizmati Fotogalereya

Mamlakatimiz bo’ylab aholi farovonligini ta’minlash.

photo_2024-06-21_10-08-57

Mamlakatimiz bo’ylab aholi farovonligini ta’minlash.

Mahallar faoliyatini o’rganish maqsadidagi navbatdagi manzil Qorovulbozor bo’ldi.Avval xabar berilganidek, Mamlakatimiz bo’ylab aholi farovonligini ta’minlash, kambag’allikni qisqartirish hamda bandlikni oshirish va boshqa muhim masalalarni o’rganish maqsadida institut professor-o’qituvchilarining joylardagi faoliyati davom etmoqda.

Bugungi manzil cho’lquvarlar yurti sahro bag’ridagi tuman Qorovulbozor bo’ldi.

Yo‘l xaritasining ijrosi bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar o‘z vaqtida bajarilmoqda. Davlat boshqaruv Akademiyasi rektori A.Bekmurodov, Qorovulbozor tumani hokimi A.Ostonov, BDTI rektori Sh.J.Teshayev, DBA Qarshi filiali rahbari J.Eshtemirov, dotsent Q.S.Tursunov hamda sektor rahbarlari va mas’ullar MFYda ishsizlikni bartaraf etishi va aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish hamda migrasiyadan qaytgan fuqarolarni bandligini ta’minlash kabi dolzarb ijtimoiy iqtisodiy muammolarni yechimi yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar berildi.
Ishchi guruh va maxalla yettiligi bilan muloqot chog‘ida mahalla raisi va yettiligi azolarining ish faoliyatidagi kamchiliklari aniqlanib, ularni tuzatish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi. Mahalla yettiligining o‘z vazifalariga yanada masuliyat bilan yondoshish, mahalla fuqarolari banligini oshirish, ishsizlikni kamaytirish, aholi bilan yaqindan ishlash va ko‘maklashish, migratsiyadagi fuqarolar bilan aloqani doimiy asosda olib borish, mahallani qizil toifadan yashil toifaga o‘tkazish bo‘yicha amaliy tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.