Mamlakatimizda har yili 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi.
29.11.2024 2024-11-29 12:41Mamlakatimizda har yili 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi.
Mamlakatimizda har yili 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi.
Ushbu sana munosabati bilan- Buxoro davlat tibbiyot instituti Biotibbiyot fakultet jamoa va talabalari tomonidan “HECH KIM MEHR VA E’TIBORDAN CHETDA QOLMASIN!” nomli xayriya tadbiri o’tkazdi.
Tadbirni Buxoro shahridagi “Ayollar muruvvat uyi”da olib borildi. Xayri-ehson tadbirida biotibbiyot fakultet talabalari tomonidan tashkil etilgan konsert dasturi, milliy qo’g’irchoq studiya namoyishi va talabalar tomonidan kuy-qo’shiqlar bilan o’tkazildi.
“Xalqaro nogironlar kuni”ga bag’ishlab o’tkaziladigan bugungi tadbirlar ham nogironlarga ijtimoiy yordam ko’rsatish, moddiy va manaviy qo’llab-quvvatlash, ularning jamiyatda o’z o’rinlarini egallashlariga imkoniyatlar yaratish borasida respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada Muhtaram Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev tomonidan nogironlarga ko’rsatilayotgan g’amxo’rlik, keng jamoatchilikning ham bu savobli ishlarda faol ishtirokining yorqin namunasidir.
HECH KIM MEHR VA E’TIBORDAN CHETDA QOLMASIN!