“Ma’naviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak”. Sh.M.Mirziyoyev.
27.12.2023 2023-12-28 11:48“Ma’naviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak”. Sh.M.Mirziyoyev.
“Ma’naviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak”. Sh.M.Mirziyoyev.
Joriy yilning 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Ma’naviyat, ma’rifat, madaniyat, san’at va ijod sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlarni
belgilash vazifalari belgilangan.
Shu munosabat bilan bugun institutdagi barcha kafedralardagi ma’naviy-ma’rifiy sohaga mas’ul xodimlar, fakultet mudirlari o’rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirokida ushbu yig‘ilishdagi ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida soha mutaxassislarini jalb qilgan holda seminar tashkil qilindi.
Ushbu seminarda Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor Z.S.Baxranova Ma’naviyat va Ma’rifat kengashida Prezident tomonidan ilgari surilgan muhim tashabbuslar jumladan Milliy g‘oyani rivojlantirish, ayollarning ta’lim olishi va kasb-hunar egallashiga e’tiborni kuchaytirish, ma’naviyat va ma’rifat maskanlari, madaniyat markazlarini ishga tushirish, teatr va kino san’atini rivojlantirish bo’yicha amalaga oshirilayotgan ishlar mazmun-mohiyatiga to’xtalib o’tdi. Shuningdek dotsent Q.Tursunov tomonidan Ma’rifatparvar bobolar g‘oyalarini o‘rganish va rivojlantirish bo‘yicha ma’ruza qilindi.