BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy faoliyat Madaniy-ma’rifiy tadbirlar

“Mardlar qo’riqlaydi Vatanni”

photo_2023-02-02_10-24-33

“Mardlar qo’riqlaydi Vatanni”

Abu ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida ham yurtimiz bo’ylab keng nishonlanayotgan “Vatanparvarlik oyligi” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

Bugun ham Yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat ishlari bo’limi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tasjhkiloti tashabusi bilan institut katta zalida “Mardlar qo’riqlaydi vatanni” ma’naviy-ma’rifiy bayram dasturi tashkil etildi.

Tadbirda dastlab, institut rektori Shuxrat Teshayev so’zga chiqib, Vatan himoyasiga kirgan o’g’lonlarimizning jasorati, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi yo’lida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to’xtalib o’tdi.

Shundan so’ng tadbirga taklif etilgan harbiylar o’zlarining bir-biridan qiziqarli chiqishlari bilan tadbirga o’zgacha ruh bag’ishladi.
Ko’rgazmali chiqishlar kuy-qo’shiqlarga ulandi. Tadbirda Turkiyalik professor-o’qituvchilar ham ishtirok etishdi.