BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy faoliyat Madaniy-ma’rifiy tadbirlar

“Ma’rifat karvoni” Buxoro davlat tibbiyot institutida

Ma’rifat karvoni1

“Ma’rifat karvoni” Buxoro davlat tibbiyot institutida

Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Ma’rifat karvoni” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirni institut rektori, professor Shuhrat Teshayev ochib berdi va yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, ularni vatanparvarlik, ma’rifat va ezgu g‘oyalarga sadoqat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Tadbirda Madaniyat markazi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Vohidjon Niyozov ishtirok etdi. U o‘z chiqishida ma’naviyatning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, yoshlarning bilim olish va ma’rifatga intilishi, milliy qadriyatlarimizga hurmat bilan qarash zarurligi haqida so‘z yuritdi.

“Ma’rifat karvoni” doirasida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning savollariga javob berildi va ma’naviy-ma’rifiy mavzularda fikr almashildi.

Tadbir talabalar ma’naviy-axloqiy bilimini oshirish, ularda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish hamda milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlashga qaratildi.