“Ma’rifat maydoni” tanlovining hududiy bosqichi yakunlandi!
14.03.2025 2025-03-17 10:24“Ma’rifat maydoni” tanlovining hududiy bosqichi yakunlandi!

“Ma’rifat maydoni” tanlovining hududiy bosqichi yakunlandi!
Bugun viloyatimizda yoshlarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, atoqli adib va mutafakkirlarimizning ijodiy merosini keng targ‘ib qilish maqsadida “Ma’rifat maydoni” Respublika tanlovining hududiy saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli bellashuvda viloyatimizning 5 ta oliy ta’lim muassasasi jamoalari ishtirok etishdi.


Tadbirni institut rektori Sh.J. Teshayev ochib berib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi. Tanlov “Adib hayoti”, “Tezkor savol-javob”, “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozisiya” kabi uch bosqichdan iborat bo‘lib, har bir ishtirokchi o‘z bilim va mahoratini namoyon etdi. Hakamlar hay’ati tomonidan jamoalarning chiqishlari yuzasidan fikr va tavsiyalar berildi.


🏆 Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin: Buxoro davlat tibbiyot instituti – “Avitsena” jamoasi
🥈 2-o‘rin: Buxoro davlat pedagogika instituti – “Irfon” jamoasi
🥉 3-o‘rin: Buxoro davlat universiteti – “Irfon” jamoasi
Endi “Avitsena” jamoasi viloyat sharafini Respublika bosqichida himoya qiladi! 🇺🇿 Keyingi bosqichda ularga omad tilaymiz!

