May oyining oxirgi yakshanbasi – Kimyogarlar kuni
25.05.2023 2023-05-26 16:00May oyining oxirgi yakshanbasi – Kimyogarlar kuni
May oyining oxirgi yakshanbasi – Kimyogarlar kuni
Kimyogarlar kuni – kimyo sanoati, kimyo fan xodimlari va barcha fan ixlosmandlarining kasb bayrami hisoblanadi. Odatda har yili may oyining oxirgi yakshanbasida Kimyogarlar kuni bayram qilinadi. Ushbu bayram rasman 1965 yildan buyon nishonlanib kelinadi.
Bayramning o‘ziga xos odatlaridan biri shundaki, har yili Mendeleev kimyoviy elementlar davriy sistemasidagi elementlardan biri nomi ostida o‘tkaziladi.
Joriy yilning 25may kuni Tibbiy kimyo va biologik kimyo kafedrasida institut talabalari ishtirokida Kimyogarlar kuni festivali uyushtirildi.
Tadbir doirasida talabalar tomonidan tayyorlangan kimyoviy mahsuulotlar va ularning zamonaviy hada an’anaviy tibbiyotdagi o‘rniga alohida ta’riflar berildi.
Tadbir so‘ngida faol ishtirokchilar institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.