BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy faoliyat Madaniy-ma’rifiy tadbirlar

“Mehribon ayollar – oilaning yuragi, jamiyatning ko‘zgusi!”

Mehribon ayollar – oilaning yuragi, jamiyatning ko‘zgusi!12

“Mehribon ayollar – oilaning yuragi, jamiyatning ko‘zgusi!”

Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan 8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Mehribon ayollar – oilaning yuragi, jamiyatning ko‘zgusi!” nomli bayram tadbiri tashkil etildi. Tantanali tadbir Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti (BuxDTI)ning katta majlislar zalida bo‘lib o‘tdi.

Ushbu bayramda institutning faol professor-o‘qituvchi ayollari, tibbiyot muassasalarida fidokorona mehnat qilayotgan vrachlar, doyalar, hamshiralar hamda soha rahbarlari ishtirok etdilar.

Tadbirni ochib berish uchun so‘z BuxDTI rektori Shuhrat Teshaev va Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Elyor Oltiyevga berildi. Ular o‘z nutqlarida ayollarning jamiyatdagi beqiyos o‘rni, tibbiyot sohasidagi fidoyi mehnati va mehribonligi haqida to‘xtalib, ularga samimiy minnatdorchilik izhor etdilar.

Shuningdek, RSHTYOIM rahbari Muxsin Rajabov ham so‘zga chiqib, tibbiyot sohasida o‘z mehnati va bilimi bilan yuksak e’tirofga sazovor bo‘lgan ayollar haqida to‘xtaldi. U Sog‘liq bilimlari universitetining Buxorodagi vakili Aynur Feyzu o‘g‘liga alohida ehtirom bildirdi.

Tadbir davomida Vrachlar assotsiatsiyasi, Hamshiralar assotsiatsiyasi va kasaba uyushmalari tomonidan tibbiyot sohasida uzoq yillar samarali mehnat qilib kelayotgan, bemorlarga sidqidildan xizmat qilayotgan fidoyi ayollar taqdirlandi. Ularga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir bayramona ruhda, iliq va samimiy muhitda o‘tdi. Estrada xonandalarining dilbar qo‘shiqlari yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdi. Bayramga yig‘ilgan mehmonlar uchun sho‘x va rang-barang kontsert dasturi taqdim etildi.

Shu tariqa, “Mehribon ayollar – oilaning yuragi, jamiyatning ko‘zgusi!” nomli tadbir mehr-muhabbat va e’tirofga boy holda o‘tdi. Bu kabi tadbirlar nafaqat ayollarga nisbatan ehtirom, balki ularning jamiyatdagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.