BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy faoliyat Madaniy-ma’rifiy tadbirlar Talabalar hayoti

Milliy libos – millat qiyofasi, inson koʻrki, milliy iftixor ifodasi.

Milliy libos – millat qiyofasi, inson koʻrki, milliy iftixor ifodasi

Milliy libos – millat qiyofasi, inson koʻrki, milliy iftixor ifodasi.

Navro‘z bu tinchlik, totuvlik, farovonlik bayrami. Millati, dinidan qat’iy nazar, shu yurtda yashayotgan barcha millatlar, elatlar uchun birdek sevimli ayyom. Keksayu yosh uchun birdek aziz shodiyona!
Bu bayram oddiy bayram emas, balki xalqimizning tarixi, falsafasi, tushuncha tasavvurlari, qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan, millat bilan ulg‘ayib, millat bilan birga taraqqiy etgan bayram.

Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida  21-mart Navruz umumxalq bayrami munosabati bilan “Milliy libos – millat qiyofasi, inson koʻrki, milliy iftixor ifodasi” mavzusida milliy liboslar ko’rgazmasi o’tkazildi. Talaba qizlar tomonidan milliy liboslar, milliy qadriyatlar haqida  ma’lumotlar berildi.