Milliy qadriyatlar uyg’unligi
31.10.2023 2023-11-03 9:30Milliy qadriyatlar uyg’unligi

Milliy qadriyatlar uyg’unligi
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Milliy qadriyatlar kuni” o’tkazildi. Talabalar tomonidan milliylikni uyg’unlashtirish maqsadida milliy taomlar, milliy liboslar ko’rgazmalari tashkil etildi.



Milliy qadriyatlar ‒ har bir millatning o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalovchi falsafiy tushuncha bo‘lib, o‘sha millat bosib o‘tgan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida shakllangan milliy madaniy meros xazinasiga qo‘shgan hissasini, ulushini ifodalaydi. Xuddi shu milliy o‘ziga xoslik, o‘ziga moslik millat madaniyatida, adabiyotida, san’atida, tilida, dinida, tarixiy xotirasida, yashash, ishlash va fikrlash tarzida, urf-odatlarida, rasm-rusumlarida, bayramu-sayillarida o‘z ifodasini topadi. Bir so‘z bilan aytganda, milliy qadriyatlar ‒ milliy ma’naviy madaniyat ifodasi bo‘lib, har bir millatning insoniylik xazinasiga qo‘shgan munosib hissasining hosilasidir.


