BuxDTI matbuot xizmati

Minsk shahrida O‘zbekiston – Belarus biznes doiralari va tadbirkor ayollar birinchi biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

photo_2023-09-08_09-36-51

Minsk shahrida O‘zbekiston – Belarus biznes doiralari va tadbirkor ayollar birinchi biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

Tadbirda mamlakatimiz iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoqlari, xususan, sanoat va qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, farmasevtika sanoati, madaniy-gumanitar, shuningdek, turizm va transport kabi sohalarning vakillari bo‘lgan biznes doiralar va ishbilarmon ayollar ishtirok etdi.

Forum doirasida tashkil etilgan “Tadbirkorlikdagi ayollar – Belarus va O‘zbekiston o‘rtasidagi ishbilarmonlik hamkorligini rivojlantirish salohiyati” mavzusidagi yalpi majlisni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi va Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi raisi kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Yalpi majlisda tibbiyot sohasida hamkorlikni mustahkamlash, farmasevtika sanoatini rivojlantirish, tibbiy klasterlar yaratish, oziq-ovqat sanoati, avtomobilsozlik uchun kimyo mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, turizm yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha fikrlar bildirildi.

Mazkur forumda Buxoro davlat tibbiyot universiteti prorektori Matluba Sanoyeva ham ishtirok etdi.