BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy faoliyat Talabalar hayoti

“Mirzo Ulug’bek vorislari” tanlovi Respublika bosqichida Buxorolik 10 nafar iste’dodli yoshlarimiz Respublika bosqichi g’olibiga aylandilar.

0936529574d121f566648

“Mirzo Ulug’bek vorislari” tanlovi Respublika bosqichida Buxorolik 10 nafar iste’dodli yoshlarimiz Respublika bosqichi g’olibiga aylandilar.

Toshkent shahar Yoshlar markazida “Mirzo Ulug’bek vorislari” Respublika tanlovi 3-bosqichi taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi va unda Respublika bo’yicha 100 nafar g’olib taqdirlanib, shundan Buxorolik 10 nafar iste’dodli yoshlarimiz Respublika bosqichi g’olibiga aylandilar.

Buxoro davlat universitetidan:

  1. Aslonova Ferangiz – “Sianur kislotaning mochevina va tiomochevina almashingan hosilalarining antipiren xossalari tadbiqi”:

2.Sharifov Ravshan- “Tarixiy obyektlar oldida QR kodlik online ma’lumotlar bazasini tashkil etish”:

3.Nekboyev Muxiddin- “Robototexnika uchun ilmiy asoslangan qurilmalar to’plamini ishlab chiqarish”

4.Jamolov O’tkir -“Harakatlanuvchi quyosh panellari”

5.Olimova Xadichabonu- “BigWay” xorijiy imkoniyatlarni yaratib beruvchi o’quv markazi

Buxoro davlat tibbiyot institutidan:

1.Baxronova Dilshoda- “Happy and healthy child”

2.Alimova Mohinur – “VITA+” mobil ilovasi

3.Zokirov Azizbek – “Bog’cha, kichik maktab yoshdagi nutq va tallafuzida muammosi bo’lgan bolalar uchun mobil ilova yaratish“

Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutidan

1.Hamroyev Ilxom-“Drenaj qurilmasi”

2.Umarov Behruz- “Akvaponika” loyihalari bilan g’olib bo’ldilar.

Buxorolik iste’dodli yoshlarimizni g’alabalari bilan tabriklaymiz hamda ularni keyingi ishlariga omad va zafarlar tilab qolamiz.