BuxDTI matbuot xizmati Fotogalereya

Moskvada “II Kelajak texnologiyalari forumi” ish boshladi

Moskvada II Kelajak texnologiyalari forumi ish boshladi4

Moskvada “II Kelajak texnologiyalari forumi” ish boshladi

Bugun Rossiya poytaxti Moskva shahrida “Kelajak texnologiyalarining ikkinchi forumi” (II Форума будущих технологий) ish boshladi. “TASS” Axborot agentligi xabariga ko’ra, bu yil uning asosiy mavzusi tibbiyotni rivojlantirish istiqbollari bo’ladi. Ikki kun davomida olimlar, shifokorlar va boshqa mutaxassislar zamonaviy texnologiyalarni muhokama qiladi. Jumladan, genetik texnologiyalar, neyrotexnologiyalarning rivojlanishi, regenerativ tibbiyot, biotexnologiya va boshqalar.Ta’kidlash joizki, mazkur nufuzli tadbirda Abu Ali iobn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutoi rektori Shuhrat Teshayev va tibbiy radiologiya kafedrasi mudiri Jasur Jonibekov ishtirok etmoqda.

Forum doirasidas, travmatologiya va ortopediya sohasidagi istiqbolli texnologiyalar, onalik va bolalik uchun kelajak texnologiyalari, sunʼiy organlar yaratish, innovatsion onkologiya, gen terapiyasi kabi mavzular ham eʼlon qilingan.
Forum dasturida yadro tibbiyoti bo‘yicha BRIKS ishchi guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, genetik va biotexnologiyalar va neyrotexnologiyalar sohasidagi innovatsion ishlanmalar va yechimlar ko’rgazmasi ochiladi. Sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanadigan dasturlar va regenerativ tibbiyot va biologik xavfsizlik sohasidagi loyihalar taqdim etiladi.

Institut rektori Sh. Teshayevning xabari berishicha, ertaga 14 fevral kuni bo’lib o’tadigan tadbirda Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimr Putin hamda boshqa nufuzli rasmiylar ishtirok etadi.