BuxDTI matbuot xizmati Fotogalereya

Muborak Ramazon oyi munosabati bilan iftorlik dasturxoni

tibbiy kimyo5

Muborak Ramazon oyi munosabati bilan iftorlik dasturxoni

Mohi sharifni har bir musulmon chiroyli kutib olib, chiroyli kuzatishni orzu qiladi. Chunki roʼza oyi yilda bir kelib ketadigan mehmon. Uyimizga mehmon kelsa, uni yaxshi kutib olib, koʼngildagidek kuzatish uchun bor bor-budimizni qoʼyamiz. Xuddi shuningdek, mohi ramazonni ham ixlos bilan kutib olib, unda qoʼlimizdan kelganicha solih amallarni qilishga xarakat etmogʼimiz lozim. Har bir musulmon bu oyda oʼzining iymon va ixlosini charxlab, unga sayqal berib, eʼtiqodu imoni nurini ziyoda qilib olishi zarur.

Aprel oyning 4 sanasida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti “Tibbiy kimyo” kafedrasi va “Gistologiya sitologiya va embriologiya” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan muborak  Ramazon oyi munosabati bilan institutga tegishli talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar uchun iftorlik dasturxoni uchun “Oshi Sofi”damlab tarqatildi.