Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda.
09.09.2024 2024-09-09 14:55Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda.
Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda.
Buxoro davlat tibbiyot institutida 2024/2025-o‘quv yili munosabati bilan “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda”. “Bir bo‘lsak yagona xalqmiz, birlashsak vatanmiz” shiorlari ostida “Mustaqillik darsi” o‘tkazildi.
Darslar davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalarga istiqlol, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi, uning fuqarolarimiz taqdiridagi ahamiyati, ta’lim, bugungi kunda millatning taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega ekanligi, ayniqsa, bugungi texnologik taraqqiyot asrida ta’limning ahamiyati beqiyosigi borasida talabalarga dars olib borildi. Shuningdek, “O‘zbekiston–2030” strategiyasining mazmun-mohiyati haqida ma’ruza qilindi.
Darhaqiqat, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya orqali erishiladi. Zero, ta’lim va tarbiya insonning asl siyratini ko‘rsatuvchi shaffof oyna hamdir.