BuxDTI matbuot xizmati

Navbatdagi hamkor Janubiy Koreya universiteti

photo_2022-05-06_15-42-06

Navbatdagi hamkor Janubiy Koreya universiteti

Buxoro davlat tibbiyot instituti Janubiy Koreyaning yana bir xalqaro universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi. Ayni paytda mamlakatimizdagi OTMlar ichida xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish borasida yetakchi o‘rinda turgan institut xalqaro tashkilotlar bilan imzolangan memoriandum va shartnomalar bilan ishlashda davom etmoqda.

 Joriy yilning 6 may kuni Janubiy Koreyaning Degu universiteti vakillari professor Lee Bong Hyo va Kim Mije Ong  Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshaev bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

Muloqot chog‘ida mehmonlar institut rektoriga qabul va hamkorlik samimiy minnatdorchilik bildirdi va Janubiy Koreyaga taklif qildi.

Kelishuvga ko‘ra endilikda Buxoro davlat tibbiyot instituti Degu universiteti bilan hamkorlikda talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi hamda kelgusida Xalq tabobati yo‘nalishida qo‘shma hamkorlik dasturi asosida ta’lim yo‘nalishi tashkil etiladi.