BuxDTI matbuot xizmati

Oʻzbekiston–Italiya rektorlarining Ikkinchi forumi boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston–Italiya rektorlarining Ikkinchi forumi boʻlib oʻtdi1

Oʻzbekiston–Italiya rektorlarining Ikkinchi forumi boʻlib oʻtdi

18-fevral kuni Rim shahridagi Roma Tre Universityda Oʻzbekiston va Italiya oliygohlari rektorlarining Ikkinchi forumi boʻlib oʻtdi. Forum ilmiy-innovatsion hamkorlikni chuqurlashtirish, akademik almashinuvni kengaytirish hamda qoʻshma loyihalarni rivojlantirishga qaratildi.

Ochilish marosimida Oʻzbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Italiya universitetlar va tadqiqotlar vaziri Anna Mariya Bernini, Taʼlim sifatini nazorat qilish milliy agentligi direktori Baxtiyor Yoʻldashev, Roma Tre University rektori Massimiliano Fiorucci hamda Italiya davlat va xususiy universitetlari assotsiatsiyasi (CHRUI) prezidenti Laura Ramaciotti ishtirok etdi.

Taʼkidlanganidek, bugungi kunda ikki mamlakat oʻrtasida taʼlim va ilm-fan yoʻnalishidagi hamkorlik izchil rivojlanmoqda.

Forumda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti prorektori Laziz Niyazov ishtirok etib, Italiya oliygohlari bilan qator muzokaralar oʻtkazdi.

Jumladan, Piza rektori Riccardo Zucchi va prorektor Giovanni Federico Gronchi bilan uchrashuvda akademik almashinuv hamda qoʻshma ilmiy tadqiqotlarni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.

Roma Tre Universitetning ilmiy laboratoriyalari bilan tanishilib, fundamental fanlar yoʻnalishida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Milano-Bicocca universiteti Xalqaro hamkorlik masʼuli Mauricio Acciarry bilan muzokaralarda ilmiy salohiyat va qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuvlar yakunida tibbiyot va fundamental fanlar yoʻnalishlarida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.