BuxDTI matbuot xizmati

Oila – jamiyatning ajralmas bo‘lagi!

Oila - jamiyatning ajralmas bo‘lagi1

Oila – jamiyatning ajralmas bo‘lagi!

Oila tinch, mustahkam, halol-pok bo‘lsa, jamiyat ham osoyishta va farovon bo‘ladi. Zero, har bir inson uchun oila-bu umrning boshlanishi, barcha narsalarning  muqaddimasidir.

Qolaversa har bir inson o‘z baxti va saodatini eng avvalo oilasi bilan bog‘laydi, ya’ni o‘z uyi, oilasida baxtli bo‘lgan insongina o‘zini to‘laqonli baxtli his qiladi.

Romitan tumani 1-sektorga qarashli Mug‘oncha mahalla fuqarolar yig‘inida Xotin-qizlar o‘rtasida nosog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni oldini olish, oilaviy ajrimlar va yoshlarni oilaga tayyorlash, o‘z joniga qasd va suiqasd qilishni oldini olish, qizlar tarbiyasi  borasida tuman hokimligi hamda Buxoro tibbiyot instituti psixologi Nargiza Toshova bilan hamkorlikda mahalladagi ajrim yoqasidagi notinch oila vakillari bilan “Oila mustahkamligi” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi.

Mahallada ajrimlarni oldini olish, muammolali oilalarga berilgan tavsiyalar,maslaxatlar, psixologik yordamlar o‘zing ijobiy natijasini ko‘rsatadi.