BuxDTI matbuot xizmati

Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

hamkorlikni rivojlantirish masalalari1

Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev boshchiligidagi delegatsiyaning Qarshi davlat universitetiga tashrifi doirasida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda o‘zaro tajriba almashish, ta’lim jarayonlarini yanada takomillashtirish hamda universitet infratuzilmasi, jumladan sport obyektlari faoliyati bilan tanishish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar, shuningdek, o‘quv jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni kengaytirish hamda yashil energiya yo‘nalishidagi tashabbuslar yuzasidan fikr almashdilar. Mazkur tashrif ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni joriy etish va kelgusidagi qo‘shma loyihalar uchun muhim zamin yaratdi.