BuxDTI matbuot xizmati

Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi shartnoma asosida akademik mobillik

Инфекционный1

Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi shartnoma asosida akademik mobillik

Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozog‘iston-Turkiya universitetining yuqumli kasalliklar va ftiziatriya kafedrasi xodimi – kafedra mudiri, tibbiyot fanlari doktori Utepbergenova G.A., o‘qituvchilar Kudabay A.U. va Baymbetova S.B. 2025-yil 12-maydan boshlab oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi shartnoma asosida akademik mobillik doirasida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot universitetining epidemiologiya kafedrasiga (kafedra mudiri – t.f.d., professor Mirzoyeva M.R.) va yuqumli kasalliklar kafedrasiga (kafedra mudiri – t.f.d., professor Oblokulov A.R.) tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida mehmon o‘qituvchilar “O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar” mavzusida ma’ruzalar o‘qishdi, “Umumiy tibbiyot” yo‘nalishi talabalariga amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishdi. Shuningdek, Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limida sariqlik va virusli pnevmoniya bilan og‘rigan bemorlarni birgalikda ko‘rikdan o‘tkazishdi.