BuxDTI matbuot xizmati

Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning yashash sharoiti o‘rganildi.

photo_2022-06-21_09-25-50

Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning yashash sharoiti o‘rganildi.

Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i B.Sharipov hamda hudud sektorlar rahbarlari tomonidan viloyatimizdagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil oluvchi talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba yoshlarning yashash sharoitlari yaqindan o‘rganilib, ularning mavjud muammolarini bartaraf etish choralari ko‘rildi.

O‘rganish davomida masʼullar talabalar yashashi va dars qilishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish barobarida, yoshlar bilan suhbat qilib, ularning taklif va muammolariga quloq tutdilar.

Bunda, dolzarb muammolarning og‘ir oqibatlari aniq misollar orqali talabalar eʼtiboriga yetkazildi.

Yoshlar o‘rtasida sodir etilib kelinayotgan jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlari, hozirgi kunda avj olib borayotgan Kiber jinoyatchiligi qurboniga aylanib qolmaslik to‘g‘risida huquqiy tushunchalar berildi.