Oliy ta’lim muassasalarida xotin-qizlar o‘rtasida profilaktik ishlar olib borildi
20.07.2022 2022-07-21 8:49Oliy ta’lim muassasalarida xotin-qizlar o‘rtasida profilaktik ishlar olib borildi
Oliy ta’lim muassasalarida xotin-qizlar o‘rtasida profilaktik ishlar olib borildi
Buxoro viloyati Ichki Ishlar boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Dilfuza Sharopova tomonidan davlat korxona va idoralari, ta’lim maskanlarida xodimlari o‘rtasida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
Jumladan, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida xodimlar ishtirokida navbatdagi davra suhbati o‘tkazildi.
Bunda, xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik hamda korrupsion holatlar sodir etilishini bartaraf etish ayniqsa, talaba qizlar orasida erta turmush va erta tug‘ruqni oldini olish, uning oqibatlari borasida alohida so‘z yurtildi.
Shuningdek, yurtimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, ularning jamiyatdagi rolini yanada mustahkamlashga doir yaratilayotgan qulay va keng imkoniyatlardan samarali foydalanish to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.