BuxDTI matbuot xizmati Talabalar hayoti

O‘ZBEKISTON — BAG‘RIKENGLIK DIYORI!

f7d090bc-5816-4180-a13f-380c9d24055d

O‘ZBEKISTON — BAG‘RIKENGLIK DIYORI!

Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida millatlararo totuvlik, do‘stlik va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
​Tadbir davomida yurtimizda turli millat va elat vakillari o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, bag‘rikenglik va hamjihatlik kabi ezgu qadriyatlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

​Zero, O‘zbekiston — turli millat va elat vakillari tinch-totuv yashayotgan, do‘stlik va hamjihatlik qadrlanadigan bag‘rikeng diyor. Millatlararo totuvlik — yurtimiz tinchligi, barqarorligi va taraqqiyotining muhim omilidir.

​Bir Vatan, bir maqsad, birgalikdagi kelajak!

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati