BuxDTI matbuot xizmati

O‘zbekiston bayrog‘i qabul qilingan kunning 32 yilligi Buxoroda keng nishonlandi

photo_2023-11-18_15-04-56

O‘zbekiston bayrog‘i qabul qilingan kunning 32 yilligi Buxoroda keng nishonlandi

Mustaqil davlatchiligimiz ramzlaridan bo‘lgan bayrog‘imiz o‘zida Vatanimiz o‘tmishi va bugunining muhim qirralarini aks ettiradi. Yurt bayrog‘iga nisbatan hurmat tuyg‘usini yuksaltirish, uning ulug‘vorlik kasb etuvchi mohiyat mundarijasini anglash barchamiz uchun muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Harbiy xizmatchilarning Vatan bayrog‘i poyida tiz cho‘kib, muqaddas Ona tuprog‘ini matonat va sadoqat bilan himoya qilishga qasamyod qilishi bejiz emas. Chunki bayroq jasorat, g‘urur, fidoyilik, or-nomus maktabidir.

Buxoroda ham milliy yuksalish mujassam ulug‘vor Vatan timsoli, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligining 32 yilligi keng nishonlandi.

Dastlab Abu Ali Ibn Sino nomidagi Favvoralar maydonida o‘rnatilgan ulkan bayroq oldida tantanali tadbir tashkil qilindi. Unda viloyat hokimi Botir Zaripov, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, uch ming nafardan ortiq yoshlar, keng jamoatchilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olgan viloyat rahbari O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganining 32 yilligi bilan barchani tabrikladi.

Ta’kidlanganidek, muqaddas tug‘imiz eng oliy sahnalar, eng yuqori marralarda, jahon arenalarida, nufuzli sport musobaqalarida baland ko‘tarilib, Yangi O‘zbekistonning chinakam bo‘y-bastini namoyon etayotgani barchada g‘urur va iftixor tuyg‘ularini jo‘sh urdiradi.

Shundan so‘ng Milliy gvardiya, O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, Avtomotohavaskorlar jamiyati tomonidan avtokarvon tashkil qilinib, davlat bayrog‘i ilingan mashinalar shahar ko‘chalari bo‘ylab o‘tdi.