O‘zbekiston-Germaniya Ruhiy salomatlik forumi
08.05.2024 2024-05-10 10:27O‘zbekiston-Germaniya Ruhiy salomatlik forumi
O‘zbekiston-Germaniya Ruhiy salomatlik forumi O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida muloqot, bilim almashish va ruhiy salomatlik sohasidagi ilg‘or tajribani ommalashtirishga qaratilgan hamkorlikning innovatsion platformasi sifatida tashkillashtirildi. Ushbu forum har ikki mamlakat sog’liqni saqlash sohasi mutaxassislari, tadqiqotchilar va faollarini birlashtirish uchun ko’prik bo’lib xizmat qildi. Forum ruhiy salomatlik sohasidagi g’oyalar va innovatsiyalarning madaniyatlararo almashinuviga yordam berishga qaratilgan.
Mazkur forum quyidagi tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi;
-Buxoro davlat tibbiyot instituti
-Germaniya ruhiy salomatlik markazi
-Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
-Charite universitet klinikasi
-Frankfurt amaliy fanlar universiteti SOLID xalqaro loyihasi etilgan
Mazkur forum Buxoro davlat tibbiyot instituti kampusida o‘tkazildi. Unda yalpi majlislar, panel muhokamalari va sektsion majlislari bo‘lib o‘tdi. Yalpi majlislarda O‘zbekiston va Germaniyaning ruhiy salomatlik sohasidagi yetakchi ekspertlari jonli va onlayn tarzda so‘zga chiqishdi.
Forum doirasida Germaniyalik ekspertlar Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlarida ruhiy salomatlik va narkologik shifoxonalarda soxa mutaxassislari uchun ruhiy-asab kasalliklariga chalingan bemorlarni tasxishlash, davolash va ular ishtiroki bo’yicha maxorat darslarini o’tkazish rejalashtirilgan.